AQSh prezidenti Donald Tramp Anqaradagi NATO sammitini, uchrashuv boshida Eron, Ispaniya va ittifoqchilariga nisbatan bildirgan keskin bayonotlariga qaramay, yaxshi kayfiyatda tark etdi, deb yozadi CNN.
«Trampning hamkasblari u jurnalistlarga aynan nima deganini eshitgach, sammitda ko‘pchilik kutgan, ammo qochishga umid qilgan qattiq tanqidlarga tayyorgarlik ko‘rishdi. Bundan tashqari, ular Tramp AQShning NATOdan butunlay chiqishini e’lon qilishidan xavotirda edilar», — deyiladi maqolada.
Biroq, telekanal ta’kidlaganidek, yopiq eshiklar ortida Tramp jurnalistlar oldidagiga nisbatan yumshoqroq munosabatda bo‘lgan va ittifoqchilarning mudofaa xarajatlarini oshirish bo‘yicha va’dalaridan «taassurot qoldirgan».
Bundan tashqari, AQSh prezidenti sammit zalida unga nisbatan «ulkan muhabbat» ko‘rsatilganini ma’lum qildi.