Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Chustda “er-xotin” talonchilarning qarmog‘iga “tilla baliq” ilinmay qoldi

Chustda “er-xotin” talonchilarning qarmog‘iga “tilla baliq” ilinmay qoldi

Namangan viloyati Chust tumanida noqonuniy yo‘l bilan moddiy manfaat ko‘rmoqchi bo‘lgan “er-xotinlar”ning jinoiy xatti-harakatiga chek qo‘yildi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Fuqaro M.D. o‘zining shar’iy turmush o‘rtog‘i D.SH. bilan oldindan til biriktirib, jinoyatga qo‘l urgan. Ikkovlon tadbirkor I.D.ga uning ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza yozmaslik, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli videoyozuvlar tarqatmaslik, tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib qo‘ymaslik evaziga undan 3 mln so‘m miqdorda pul talab qilishgan. Tovlamachilar talab qilgan pul mablag‘ini olishgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qo‘lga oingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan M.D. va D.SH.ga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Kiritildi: 19:23 13.03.2020. O'qildi: 2589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!