Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

«Chorsu» mehmonxonasi yaxshigina pulga sotildi

«Chorsu» mehmonxonasi yaxshigina pulga sotildi

Toshkentdagi «Chorsu» mehmonxonasi 16,9 milliard so‘mga sotildi. Bu haqda «E-ijro auksion» ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.

Aktivlarni sotib olgan xaridor ikki yil ichida kamida 25 million dollar pul tikishi va 150 ta yangi ish o‘rinlarini yaratishi kerak. Mehmonxona kamida uch yulduzliga aylanishi lozim.

Shuningdek, mehmonxonaning yangi egasi 10 yil davomida asosiy faoliyat turini (mehmonxona xizmati) saqlab qolishi kerak. Mehmonxona kompleksining bir qismiga (umumiy maydonning 50 foizidan oshmagan) biznes-markaz xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat etiladi. Agarda binoni buzib tashlash rejalashtirilsa, yangi dizayn orginaliga mos kelishi kerak.

10 soatdan ortiq davom etgan auksionda shtab-kvartirasi BAAda joylashgan Ittihad International Investment LLC kompaniyasi 16,9 milliard so‘m bilan g‘olib bo‘ldi. Fajr Mustaqbal General Trading LLC kompaniya esa 16,8 milliard so‘m taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, 12 yildan buyon vayrona ahvolda bo‘lgan «Chorsu» mehmonxonasi 2019 yili ishga tushirilishi haqida o‘tgan yilning may oyida xabar berilgandi. «Chorsu» mehmonxonasini rekonstruksiya qilish ishlari bilan turkiyalik investor Axmet Demir shug‘ullanayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Keyinroq Axmet Demir mehmonxonani rekonstruksiya qilish ishlari sust ketishida Toshkent shahar hokimligini ayblagan, turkiyalik ishbilarmonning mazkur e’tirozlariga Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari javob qaytargandi.

Kiritildi: 12:59 18.02.2020. O'qildi: 6027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!