Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Chiroqchida maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchini urganlikda ayblanmoqda

Chiroqchida maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchini urganlikda ayblanmoqda

Chiroqchi tumanidagi maktabda o‘quv-tabiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘quvchini qattiq haqorat qilgandikda va urganlikda ayblanmoqda. Bu haqida Qashqadaryo viloyati XTB ma’lum qildi.

Keltirilishicha, 2019 yil 25 oktyabr kuni Chiroqchi tumanidagi 89-umumiy o‘rta ta’lim  maktabining 8-”b”sinf o‘quvchisi Xoldorov Jamshidni maktabning o‘quv  tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Xudayberdiyev sinfxonadagi o‘quvchilar oldida urgan hamda sha’ni va qadr-qimmatini yerga uruvchi haqoratli gaplarni aytgan.

Shu sababli o‘quvchining bobosi X.To‘rayev maktabga kelib A.Xudayberdiyevga nisbatan u aytgan haqoratli gapini isbotlab berishini, agar isbotlab bermasa unga nisbatan e’tiroz bildirib tegishli joylarga murojaat qilishini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan 89-umuiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Xudayberdiyev qayerda ekanligi surishtirilganida, 2019 yil 28 oktyabr kuni soati 12-00dan tuman tibbiyot birlashmasidagi terapiya bo‘limida yotib davolanayotganligi aniqlandi.

A.Xudayberdiyev bilan suhbat o‘tkazilganda,  o‘quvchisi Xoldorov Jamshid Bobur o‘g‘lini  urmaganligi va haqorat qilmaganligini aytdi.

89-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Xudayberdiyev kasalxonadan chiqqandan keyin faoliyati to‘liq o‘rganilib, amaldagi qonunchilikka asosan chora ko‘riladi.

Ayni paytda holat yuzasidan tegishli o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 14:00 03.11.2019. O'qildi: 2221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!