Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Chiroqchida IIBga yolg‘on xabar bergan bloger qo‘lga olindi

Chiroqchida  IIBga yolg‘on xabar bergan bloger qo‘lga olindi

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 1 sentyabr kuni soat 02:00 atrofida tumanning Dam MFY hududida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, ushbu MFYda yashovchi X.U. tanishi X.B. bilan kelishib, o‘zining boshqaruvidagi mashinani uyning orqa tomoniga olib borib, ochiq holda qoldirgan va keyin u IIBga qo‘ng‘iroq qilib, avtomobil o‘g‘irlab ketilganini aytgan. Qayd etilishicha, X.U. blogerlik faoliyati bilan shug‘ullangan.

Fuqaroning yolg‘on xabar bergani bo‘yicha Chiroqchi tuman ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan X.U va X.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 237-moddasi (Yolg‘on xabar berish) 2-qismi «a» va «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

https://qviib.uz/oz/events/chiroqchi-tumanida-102-operator-raqamiga-qongiroq-qilib-jinoyat-togrisida-aniq-bila-turib-yolgon-xabar-bergan-shaxslar-qolga-olindi

Kiritildi: 10:34 07.09.2021. O'qildi: 2272 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!