Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish mamlakat Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatmasligini yana bir bor tasdiqladi. Bu haqda u Idnes nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu pozisiya o‘zgarishsiz qoladi. Babish NATO sammitida Ukrainaga moliyaviy yordam ajratish masalasi bo‘yicha har bir davlat mustaqil qaror qabul qilishi haqida kelishuvga erishilganini eslatdi.
Bosh vazir ta’kidlashicha, shu bois Chexiya Kiyevni moliyalashtirishda ishtirok etmaslik qarorini saqlab qoladi.