Kompaniya bayonotida aytilishicha, O‘zbekistonda avtomobillarga bo‘lgan talabning anomal o‘sishi va global muammolar kuchayganini hisobga olib, kompaniya bunday sharoitda boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llanilgan yo‘ldan borishni to‘g‘ri deb hisoblaydi.
“Bu o‘z navbatida barcha sa’y-harakatni avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobil ishlab chiqarishga yo‘naltiradi”, - deyilgan bayonotda.