Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Chelyabinskdagi kasalxona nega portladi? Dastlabki taxminlar ma’lum bo‘ldi

Chelyabinskdagi kasalxona nega portladi? Dastlabki taxminlar ma’lum bo‘ldi

Oldinroq Chelyabinskdagi kasalxonada portlash sodir bo‘lgani haqida yozgandik.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kislorod budkasining portlashiga uskunalarni o‘rnatish yoki ishlatish paytidagi xatoliklar sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda Chelyabinsk viloyati Favqulodda vaziyatlar vazirligining Bosh boshqarmasi rahbari Yuriy Burenko shanba kuni gubernator Aleksey Teksler boshchiligidagi tezkor shtab yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Burenkoning ta’kidlashicha, hozirda yong‘in natijasida zarar ko‘rgan uy aholisi evakuasiya qilingan. Keyingi operasiya to‘g‘risida qaror uning ekspertizasidan so‘ng qabul qilinadi.

Burenko barcha aholini zaxira fondiga joylashtirish, ularga barcha zarur yordamlarni, shu jumladan psixologik yordam ko‘rsatishni buyurdi.

Chelyabinsk viloyati sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Viktoriya Saxarovaning "Interfaks"ga aytishicha, reanimasiyadagi bemorlar kasalxonadan evakuasiya qilingan, qolgan bemorlar keyingi soat ichida evakuasiya qilinadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahardagi barcha kasalxonalar jalb qilingan.

Kiritildi: 14:19 31.10.2020. O'qildi: 2136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!