ChatGPT sun’iy intellekt chat-botiga sog‘liqqa oid ma’lumotlar jamlangan ChatGPT Health bo‘limi qo‘shildi.
OpenAI kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, har hafta 230 milliondan ortiq foydalanuvchi tibbiy muammolar bo‘yicha so‘rov yuboradi. Yangi qo‘shilgan bo‘lim esa kasallik tarixini kuzatish, tahlil natijalarini o‘rganish yoki shifokor qabuliga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek mashg‘ulotlarni rejalashtirish, parhez tutish va tibbiy sug‘urta turini aniqlashda maslahatlar berish imkoniyatini yaratadi.