Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

ChatGPT’da reklama yana 31 ta davlatda ishga tushmoqda

ChatGPT’da reklama yana 31 ta davlatda ishga tushmoqda

24 avgustdan ChatGPT reklamalari Yevropaning 31 ta mamlakatida ko‘rsatila boshlaydi. Reklamalar faqat Free va Go tariflarida bo‘ladi, Plus, Pro va Enterprise obunalarida esa reklama ko‘rsatilmaydi.

OpenAI’ga ko‘ra, reklamalar ChatGPT javoblaridan alohida va maxsus belgilab ko‘rsatiladi. Ular ChatGPT javoblariga ta’sir qilmaydi, foydalanuvchilarning yozishmalari esa reklama beruvchilarga berilmaydi.

Kiritildi: 17:07 24.08.2026. O'qildi: 851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik