Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Chad Xalqaro jinoyat sudidan chiqishini e’lon qildi

Chad Xalqaro jinoyat sudidan chiqishini e’lon qildi

Chad hukumati Xalqaro jinoyat sudi (XJS) yurisdiksiyasidan chiqishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, qaror XJSning 2002 yildan buyongi faoliyati va uning samaradorligi yuzasidan o‘tkazilgan tahlillar natijasida qabul qilingan. Chad rasmiylari sudni Afrika davlatlariga nisbatan bir tomonlama yondashuvda ayblab, ochiq tergovlarning aksariyati aynan qit’a mamlakatlariga nisbatan olib borilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, vazirlik Afrika mintaqasi «Xalqaro jinoyat sudining siyosiy instrumentalizasiyasi qurboniga aylangani»ni bildirdi.

Iyul oyi o‘rtalarida AQSh Davlat departamenti ham Xalqaro jinoyat sudi xodimlariga qarshi sanksiyalar va viza cheklovlari qo‘llash bilan tahdid qilgan edi. Vashington bu qarorni sudning amerikalik harbiylar bo‘yicha tergovlari bilan izohlagan.

Avvalroq Venesuela ham Xalqaro jinoyat sudi yurisdiksiyasidan chiqishini e’lon qilgan edi. Bu qaror mamlakat rahbariyatiga nisbatan 2017 yilgi voqealar bo‘yicha olib borilayotgan tergovlar ortidan qabul qilingan.

Kiritildi: 18:31 27.07.2026. O'qildi: 405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!