Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Camarqandda “Gentra” beton to‘siqqa urilib ag‘darilib ketdi

A A A
Camarqandda “Gentra” beton to‘siqqa urilib ag‘darilib ketdi

Hodisa oqibatda haydovchi turli darajada tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Viloyat IIB JXX YHHB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa shu yilning 10- noyabr kuni soat 05:00lar atrofida Payariq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-49 avtomobil yo‘lining 12.km.da sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan “Gentra” rusumli transport vositasi haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirib, ro‘l boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilib, YTH sodir etgan.

Hozirda holat yuzasidan Payariq tumani IIB JXX YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 03:01 12.11.2024. O'qildi: 2273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!