Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri noqonuniy muhojirlarni Ruandaga deportasiya qilish jarayonini to‘xtatdi

Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri noqonuniy muhojirlarni Ruandaga deportasiya qilish jarayonini to‘xtatdi

Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri noqonuniy muhojirlarni Ruandaga deportasiya qilish jarayonini to‘xtatdi. Kir Starmerning ilk qarorlaridan biri avvalgi hukumatning bahsli qonun loyihasidan voz kechish bo‘ldi. Starmer bu haqda matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Aprel oyi oxirida Buyuk Britaniya parlamenti sobiq bosh vazir Rishi Sunak hukumati bosimi ostida London Ruandaga noqonuniy muhojirlarni jo‘natish, buning evaziga mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun millionlab sarmoya ajratishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qilgan edi.

The Telegraph nashrining yozishicha, Buyuk Britaniya Ruandaga 270 million funt sterling o‘tkazib bo‘lgan, lekin Sharqiy Afrika davlatiga hali birorta muhojir yuborilmagan. Qonun loyihasini bekor qilish to‘lovlarni darhol to‘xtatishga olib keladi.

Kiritildi: 10:02 07.07.2024. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!