Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniyaning AQShdagi elchisi ishdan bo‘shatildi

Buyuk Britaniyaning AQShdagi elchisi ishdan bo‘shatildi

Buyuk Britaniya hukumati Britaniyaning Vashingtondagi elchisi Piter Mandelsonni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Qaror Mandelsonning voyaga yetmaganlar jinsiy savdosida ayblangan va 2019 yilda qamoqxona kamerasida osilgan holda topilgan moliyachi Jeffri Epshteyn bilan yaqin aloqalari tufayli qabul qilingan.

Mandelsonning elektron xatlarida mavjud bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlardan kelib chiqib, bosh vazir Kir Starmer tashqi ishlar vaziri Devid Lemmidan diplomatni elchi sifatida chaqirib olishni so‘radi.

«Elektron pochta xabarlari Piter Mandelsonning Jeffri Epshteyn bilan munosabatlarining chuqurligi va ko‘lami uning tayinlangan vaqtida ma’lum bo‘lganidan sezilarli darajada farq qilishini ko‘rsatadi», — deya ma’lum qildi vazirlik.

Kiritildi: 23:48 13.09.2025. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!