Bugun 6 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniyada tibbiy marixuana qonuniylashtirildi

A A A
Buyuk Britaniyada tibbiy marixuana qonuniylashtirildi

LONDON, Buyuk Britaniya – 2018 yil 1 noyabrdan boshlab shifokorlar tarkibida tibbiy marixuana bo‘lgan dorilar uchun resept yozishlari mumkin. Bu haqda "PharmaTimes" xabar beradi.

Tibbiy marixuananing sotib olinishi faqat resept asosida amalga oshiriladi. Resept boshqa dori-darmonlar samarasiz bo‘lgan holatlardagina ba’zi mutaxassislar tomonidan berilishi mumkin. Maishiy marixuana iste’moli qonuniylashtirilmaydi.

Endilikda britaniyalik shifokorlarga bemorga zarur muolajani belgilash uchun maxsus ekspert komissiyasidan ruxsatnoma kerak bo‘lmaydi. Chunki qonunga ko‘ra, marixuana asosida tayyorlanadigan dori-darmonlarga cheklov belgilanmagan va davolashning yangi imkoniyatlaridan turli kasalliklarga duchor bo‘lgan bemorlar foydalana oladi.

Bugungi kunda britaniyalik shifokorlar bemorlarga tarkibida kannabinoidlar bo‘lgan dori vositalarini tavsiya qilishga haqli. Bu turdagi o‘simlikdan tayyorlangan har qanday dori vositasini tayinlash huquqi faqatgina Bosh tibbiy kengashning malakali mutaxassislariga berilgan.

Avvalroq marixuana taqiqlangan narkotik moddalarning "B" qatoriga kirar va uni saqlash taqiqlangan edi. Takroriy huquqbuzarlik uchun besh yilgacha qamoq jazosi belgilangandi.

Manba: turon24.uz

Kiritildi: 05:29 02.11.2018. O'qildi: 1249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!