Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buyuk Britaniyada muddatidan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi.

Buyuk Britaniyada muddatidan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi.

Parlament va hukumat leyboristlar partiyasi qo‘liga o‘tdi. Partiya allaqachon g‘alaba uchun zarur bo‘lgan 326 ta o‘rinni qo‘lga kiritdi. Egzit-pollar partiya 400 tadan ko‘proq o‘rinni egallab, 1997 yilgi Toni Bler natijasiga qariyb yaqinlashishini prognoz qilishmoqda.

Kir Starmer Britaniyaning navbatdagi bosh vaziri bo‘ladi.

Bosh vazir Rishi Sunak boshchiligidagi konservatorlar partiyasi partiya tarixidagi eng yomon natijani ko‘rsatib, og‘ir mag‘lubiyatga uchradi.

Ekspertlar leyboristlar g‘alabasini ularning kuchli saylov kampaniyasi bilan emas, balki konservatorlarga qarshi kayfiyat kuchayib ketgani bilan bog‘lamoqda.

Konservatorlar 14 yildan beri mamlakat hukumatini boshqarib kelayotgan edi.

Kiritildi: 09:21 05.07.2024. O'qildi: 762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!