Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buyuk Britaniyada koronavirus qurbonlari soni 60 mingdan oshdi

Buyuk Britaniyada koronavirus qurbonlari soni 60 mingdan oshdi

Britaniya hukumatining 3 dekabr kuni bergan xabariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus qurbonlari 60 mingdan oshib ketdi. Ayni paytda Britaniya Yevropadagi COVID-19 bilan bog‘liq o‘lim hollari eng ko‘p qayd etilayotgan  mamlakat hisoblanadi.

Britaniyada o‘tgan sutka davomida yana 414 kishi koronavirus sabab olamdan o‘tgan bo‘lib, ularning umumiy soni 60 113 kishiga yetdi.

Shuningdek, ushbu mamlakatda so‘nggi bir kun ichida 14 879 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Bu bilan bemorlarning umumiy soni 1 674 134 nafarga yetgan. Ayni paytda Britaniya koronavirus tarqalishi bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda turibdi.

Kiritildi: 17:42 04.12.2020. O'qildi: 1354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!