Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniyada eng qimmat avtomobil raqami sotuvga qo‘yiladi

Buyuk Britaniyada eng qimmat avtomobil raqami sotuvga qo‘yiladi

Londonda noyabr oyi boshida RM Sotheby’sa auksion uyi “1F” davlat raqamini sotuvga qo‘yadi.

Tashkilotchilarning fikricha, “Formula-1”ni eslatuvchi bu raqam 800 ming funtdan 1,2 million funt sterlinggacha daromad keltirishi mumkin. Agar savdo muvaffaqiyatli bo‘lsa, "1F" Buyuk Britaniya tarixidagi eng qimmat avtomobil raqamiga aylanadi. Avvalgi rekord "25 O" raqamiga tegishli edi, u 518 ming funt sterlingga sotilgan va hozirgi kunda Ferrari LaFerrari superkarida o‘rnatilgan.

Auksion 1 noyabrda bo‘lib o‘tadi. “1F” raqami ilk bor1957 yilda Esseks okrugida ro‘yxatga olingan. O‘shandan beri u bir nechta eksklyuziv avtomobillarga, jumladan Ferrari 812 GTS’ga o‘rnatildi.

“Noyob individual raqamlarga qiziqish hali ham yuqori. Odatda eng yuqori narxlar qisqa kombinasiyalar uchun to‘lanadi, garchi joriy rekord uch xonali raqamga tegishli bo‘lsa. «1F» bundan avval ham katta summaga sotilgan, shuning uchun yangi rekord o‘rnatilishi mumkin”, — dedi Daily Mail nashriga bergan intervyusida RM Sotheby’s kompaniyasining Buyuk Britaniyadagi sotuv bo‘yicha direktori Sholto Gilbertson.

Shaxsiy raqamlar bozori 2 milliard funt sterlingga teng

Buyuk Britaniya hozirda shaxsiy raqamlarni sotish bo‘yicha dunyodagi eng yirik bozorlardan biri hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, uning hajmi 2 milliard funt atrofida baholanyapti.

Daily Mail nashrining yozishicha, so‘nggi o‘ttiz yil ichida shaxsiy raqamlarning narxi bir necha barobar oshgan. Agar 1990 yillarda ularning narxi 2000 funt sterlingdan 10 000 funt sterlinggacha bo‘lgan bo‘lsa, hozir ularning aksariyati 50 000 funt sterlingdan ko‘proqqa sotiladi.

Professional investorlar noyob raqamlar kombinasiyasiga yuz minglab funt sterling sarmoya kirityaptilar. Bunday investisiyalarning daromadi ba’zan soatlar, zargarlik buyumlari va klassik avtomobillar bozoridan oshadi.

Jahon rekordi - Dubay raqami "P-7"

Biroq, 1,2 million funt sterlingga baholangan Britaniyaning "1F" raqami jahon rekordiga kira olmaydi. 2023 yilda Dubayda “P-7” (faqat “7” raqami bor) davlat raqami 55 million dirhamga yoki taxminan 12 million funt sterlingga sotilgan.

Bu ko‘rsatkich 2008 yilda dubaylik tadbirkor Said Abdul G‘affar Xuri tomonidan sotib olingan “1” raqamidan 5 million funt sterlingga ko‘pdir. U raqamni Rolls-Royce Cullinan va Mercedes G-Wagen avtomobillariga o‘rnatgan.

Kiritildi: 21:26 10.10.2025. O'qildi: 1151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!