Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Buyuk Britaniya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Buyuk Britaniya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Bu haqda «Dunyo» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, elchixona ko‘magida prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunovning Londonga tashrifi tashkil etilgan.

Tashrif davomida Britaniya biznes va savdo vazirining o‘rinbosari Garet Tomas, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va ekspertlar darajasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuvlarda Britaniya O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng muhim sheriklaridan biri sifatida ko‘rishi va rasmiy Toshkent bilan har tomonlama aloqalarni yanada jadallashtirishdan manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Tomonlar xalqaro savdodagi zamonaviy tendensiyalarni muhokama qildi. Buyuk Britaniya tomoni O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi tasdiqladi, deyiladi xabarda.

Britaniya Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘sish va rivojlanish dasturi orqali O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga texnik yordamni kengaytirish, dastur doirasida mutaxassislarining institusional salohiyatini mustahkamlash, ularning xalqaro savdo sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga ko‘maklashadi.

Ushbu uchrashuvlar to‘g‘risida JST bo‘yicha maxsus vakil Azizbek Urunov ham atroflicha to‘xtalib o‘tgan. Uning ta’kidlashicha, Londonda Biznes va savdo departamenti jamoasi bilan ikki tomonlama muzokaralarni ilgari surish bo‘yicha samarali muloqotlar o‘tkazilgan.

«Ushbu imkoniyatdan foydalanib, ularning samimiy qabuli, mazmunli va konstruktiv munosabati hamda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaganlari uchun chuqur minnatdorligimizni bildirmoqchiman», — deb yozdi vakil LinkedIn`dagi sahifasida.

Kiritildi: 14:13 20.02.2025. O'qildi: 601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!