Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Ukrainaga yangi harbiy texnika yetkazib berishni va’da qildi.
«Ukrainaning jang maydonida g‘alaba qozonishini ta’minlash uchun yaqin haftalar va oylar ichida qo‘shimcha harbiy texnikani yetkazib berish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda», — deyiladi Britaniya bosh vazirining idorasi bayonotida.