Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniya Typhoon qiruvchi samolyotlarini Polshaga yuboradi

Buyuk Britaniya Typhoon qiruvchi samolyotlarini Polshaga yuboradi

Buyuk Britaniya NATO'ning “Sharqiy qo‘riqchi” operasiyasi doirasida Typhoon qiruvchi samolyotlarini Polshaga yuboradi

Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Britaniya qiruvchilari NATO'ning Eastern Sentry (“Sharqiy qo‘riqchi”) missiyasi doirasida Polsha ustida havo hujumidan mudofaa vazifalarini bajaradi, havo tahdidlariga, jumladan, dronlarga qarshi kurashadi", deyiladi bayonotda.

Shuningdek, xabarda tushuntirilishicha, Qirollik Harbiy-havo kuchlarining Typhoon qiruvchilari Daniya, Fransiya va Germaniya ittifoqdosh kuchlari bilan birga NATO'ning sharqiy qanotida mudofaa salohiyatini mustahkamlash uchun harakat qiladi.

Kiritildi: 20:05 16.09.2025. O'qildi: 691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!