Buyuk Britaniya merlariga turistik soliq joriy etish huquqi berilishi mumkin.
Buyuk Britaniya hukumati Angliya merlariga sayyohlardan mehmonxona, xostel va boshqa turar joylarda tunash uchun haq olish huquqini berish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Yig‘ilgan mablag‘ jamoat transportini rivojlantirish, infratuzilmani modernizasiya qilish va turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bu tashabbus London meri Sadik Xan va Manchester meri Endi Bernxem tomonidan faol qo‘llab-quvvatlandi.
Bunday soliqni joriy etish orqali Buyuk Britaniya kelasi yili Shotlandiya va Uelsdan o‘rnak oladi. Ushbu amaliyot uzoq vaqtdan beri Nyu-York, Parij va Milan shaharlarida qo‘llanilgan.
O‘tgan yili xorijlik sayyohlar Buyuk Britaniyaga taxminan 42,6 million sayohat qilishgan, 293 milliondan ortiq tunni o‘tkazgan va jami 32,5 milliard funt sterling sarflagan.
Yangi soliq 2028 yilgi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga tayyorgarlikni yaxshilash, shuningdek, eng tirband va mashhur shahar hududlari holatini yaxshilashga yordam berishi kutilmoqda.
Korxonalar, mahalliy hamjamiyat va boshqa manfaatdor tomonlar 12 haftalik jamoatchilik maslahati davomida yangi to‘lov mexanizmi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishi mumkin.
Bu chora o‘z majburiyatlarini bajara olmagani uchun 2023 yilda bankrot deb e’lon qilishga majbur bo‘lgan Birmingem shahridagi vaziyatning takrorlanish xavfini ham kamaytirishi mumkin.