Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniya shahzodasi ham koronavirusga chalindi

Buyuk Britaniya shahzodasi ham koronavirusga chalindi

Shahzoda Charlz koronavirusga chalindi. Bu haqda shahzoda saroyiga yaqin manbalar xabar tarqatdi, deb xabar beradi "The Guardian".

Xabar qilinishicha, 71 yoshli Uels shahzodasi, Yelizaveta II ning o‘g‘li koronavirus infeksiyasi uchun tekshirilgan va natija ijobiy chiqqan.

Kasallik yengil, shahzoda Charlz masofadan ishlashda davom etmoqda. U Shotlandiyadagi uyida karantinda.

Uning rafiqasi Kamilla ham test topshirdi, unda koronavirus aniqlanmadi.

Manbalarga ko‘ra, shahzoda koronavirusni kimdan yuqtirganini hozircha aniq bilish imkoni yo‘q, chunki so‘nggi haftalarda u rasmiy tadbirlar davomida ko‘plab odamlar bilan aloqada bo‘lgan.

Kiritildi: 17:07 25.03.2020. O'qildi: 1783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!