Malumotlarga ko‘ra, bosh vazirga yo‘llagan maktubida u mudofaa sohasiga investisiya kiritish rejasi "ushbu xavfli davrda mamlakat mudofaasi uchun zarur bo‘lgan darajadan ancha orqada qolayotganini" yozgan.
Uning aytishicha, rejada qo‘shimcha mablag‘ ajratish keyinroqqa — 2030 yildan keyingi davrga qoldirilgan, vaholanki jangovar shaylikni oshirish aynan yaqin ikki yil ichida o‘ta muhim ahamiyatga ega.
Xili Mudofaa vazirligini 2024 yilning iyul oyidan beri boshqarib kelayotgandi. Vazir sifatida u Ukrainaga harbiy yordamni, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishni ko‘paytirish va tezlashtirishni muntazam ravishda yoqlab chiqqan, shuningdek, urush tugaganidan keyin mamlakatda Britaniya qo‘shinlarini joylashtirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan edi.