Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniya koronavirusdan o‘lim bo‘yicha 1-o‘ringa chiqdi. Nega?

Buyuk Britaniya koronavirusdan o‘lim bo‘yicha 1-o‘ringa chiqdi. Nega?

Mutaxassislar Buyuk Britaniyaning koronavirusdan o‘lim bo‘yicha birinchi o‘rinni egallashining sabablarini tushuntirishdi.

Qirollik Tibbiyot Jamiyatining epidemiologiya va sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, agar Buyuk Britaniya hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalarini e’tiborsiz qoldirmaganida va o‘z vaqtida karantin choralarini qo‘llaganida, ko‘p o‘limning oldini olish mumkin edi.

Boshqa ekspertlarning fikricha, Britaniyadagi izolyasiya rejimi juda "yumshoq" edi.

Sky Newsning qayd etishicha, London eng past ko‘rsatkichlarni hisoblagan: koronavirusdan 20 ming kishi o‘lgan. Biroq, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda allaqachon 40 mingdan ortiq o‘lganlar mavjud – bu Yevropadagi eng katta ko‘rsatkich. Buyuk Britaniyada 6 iyun holatiga 284,7 ming odam virus yuqtirgan.

Kiritildi: 14:20 06.06.2020. O'qildi: 3090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!