Guardian nashrining xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniya 2025 yil sentyabr oyida Falastinni rasman tan olishi kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, Isroil rasmiylari Londonning ilgari surgan shartlariga tayyorlik ko‘rsatmayotgani sababli, hukumat Falastinni tan olish qaroriga yaqinlashgan.
Taxmin qilinishisa, mazkur masala Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri David Lemmi tomonidan 1 sentyabr kuni Jamoalar palatasida so‘zlagan nutqida ham o‘z tasdig‘ini topdi.
So‘nggi oylarda Londonning Isroilga nisbatan siyosiy bosimi kuchaygani kuzatilmoqda. Jumladan, 21 avgust kuni Buyuk Britaniya Isroilning Iordan daryosining g‘arbiy sohilida yangi yahudiy turar-joylarini qurish niyatini qoralagan edi. Shuningdek, 10 avgust kuni G‘azo sektorini bosib olish rejalariga qarshi qator sanksiyalar ishlab chiqilayotgani ma’lum qilingan.
Mazkur choralar jumlasiga Isroil mudofaa kuchlarining (IDF) Buyuk Britaniyada mashg‘ulot o‘tkazishini taqiqlash ham kirishi mumkin. Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirligi Isroilni G‘azo ustidan nazorat o‘rnatish urinishlaridan qaytarishga qaratilgan choralarni ko‘rib chiqmoqda.