Buyuk Britaniya nihoyat barcha koronavirus cheklovlarini, shu jumladan ijtimoiy masofani va maskalarni olib tashlaydi. Bu hukumat rejalariga ko‘ra, 19 iyul kuni sodir bo‘ladi.
«Biznesning barcha turlari, shu jumladan tungi klublar ochilishiga ruxsat beriladi, qariyalar uylarida, konsertlarda, teatrlarda, sport tadbirlarida tashrif buyuruvchilar sonidagi cheklovlar bekor qilinadi. Biz ijtimoiy masofani va niqobni majburiy taqishni bekor qilamiz, ammo siz ushbu qoidalarga amal qilishni davom ettirishingiz mumkin, ayniqsa yuqumli kasalliklar ko‘payganida yoki siz begonalar bilan yaqin aloqada bo‘lsangiz yoki jamoat transportidan foydalansangiz», - deya Jonson.