Buxoro viloyatining Olot tumanida joylashgan Olot chegara-bojxona posti ochildi. Ushbu postdan Turkmaniston mamlakatiga o‘tish va O‘zbekistonga kelish mumkin bo‘ladi, deb yozadi Buxoro hokimligi Matbuot xizmati.
Ma’lumotda aytilishicha, post rekonstruksiyasi uchn 18 milliardan ortiq mablag‘ sarflangan. Chegara punkti orqali bir sutka davomida o‘rtacha 700-900 nafar fuqarolarning davlat chegaralari orqali qatnovi amalga oshiriladi.
.jpg)
Bundan tashqari, bir kunda 250 tadan 400 tagacha yuk va yengil transport vositalari davlat chegarasidan o‘tkaziladi.
Ushbu chegara-bojxona postining ochilishida viloyat tashkilotlari rahbarlari, bojxona xizmati xodimlari va chegarachilar, Olot va Qorako‘l tuman faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
.jpg)
.jpg)
Manba: qalampir.uz