Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Buxorodagi mojaro 65 yoshli erkakning o‘limi bilan tugadi

Buxorodagi mojaro 65 yoshli erkakning o‘limi bilan tugadi

Buxoro. 2020 yilning 02 iyul kuni soat 03:25 da Shofirkon tumani IIB ga tuman kasalxonasi tomonidan Shofirkon tumani “Zarchibek” MFY da yashovchi 24 yoshli M.F. va 65 yoshli YA.N., lar tan jarohatlari olib, murojaat qilganliklari to‘g‘risida xabar berilgan. Mazkur xabar asosida hodisa sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor guruhi yuborilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, joriy yilning 02 iyul kuni soat 00:30 da YA.N. o‘z uyida M.F. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib turib, o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik va janjal oqibatida, YA.N. uyida bo‘lgan temir armatura bo‘lagi bilan M.F., ni bosh qismiga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan.  Shundan so‘ng M.F. YA.N., ning qo‘lidan temir armatura bo‘lagini tortib olib, uni ham  tanasining bosh, ko‘krak, qorin sohalariga bir necha marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan, YA.N. tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan jonlantirish bo‘limida vafot etgan. 

Holat yuzasidan Shofirkon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.F., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:51 04.07.2020. O'qildi: 3002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!