Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Buxoroda uch nafar og‘ufurushga hukm o‘qildi

Buxoroda uch nafar og‘ufurushga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudining ochiq sud majlisida, sudlanuvchilar J. Toshpo‘latova, M. Mirzayev va N. Rustamov larga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, ularga nisbatan tegishli hukm va jazo tayinlandi.

Ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi J.Toshpo‘latova qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib o‘zining xonadonida saqlanayotgan ko‘p miqdordagi 41,18 (qirq bir butun yuzdan o‘n sakkiz) gramm “opiy” giyohvandlik vositasini 8.200.000 (sakkiz million ikki yuz ming) so‘m pul evaziga qonunga xilof ravishda oldindan o‘ziga tanish bo‘lgan M.Mirzayevga qonunga xilof ravishda sotish jinoyatini sodir qilgan.

M.Mirzayev sotib olgan 41,18 (qirq bir butun yuzdan o‘n sakkiz) gramm “Opiy” giyohvandlik vositasini o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan N.Rustamovga u bilan oldindan kelishuv asosida 13.000.000 (o‘n uch million) so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotgan.

N.Rustamov joriy yilning 26 yanvar kuni soat 03:40larda boshqaruvidagi “Lacetti Gentra” rusumli avtomashinasida
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi “Sarmijon” YPX maskanida “Navoiy-Buxoro” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan vaqti DXX Buxoro viloyati boshqarmasi Tezkor bo‘limi va Buxoro viloyati IIB YXXB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, to‘xtatib tekshirilganida. avtomashinasi haydovchi o‘rindig‘i polidagi rezina to‘shagi ostida ko‘p miqdordagi 41,18 (qirq bir butun yuzdan o‘n sakkiz) gramm “opiy” giyohvandlik vositasini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay tashib kelayotganligi aniqlangan.

Sud majlisida sudlanuvchilar J.Toshpo‘latovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan 5 /besh/ yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, M.Mirzayevga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan 6 /olti/ yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, N.Rustamovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 2-qismining “a”bandi bilan 3 /uch/ yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 
 

 

Kiritildi: 11:08 17.09.2020. O'qildi: 1506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!