Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoroda oshpazning qilmishi fosh bo‘ldi

Buxoroda oshpazning qilmishi fosh bo‘ldi

Sudlanuvchi X.A.H qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib, 2020 iyun oyining oxiridan 2020 yil 4 oktyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi 183-uyning birinchi qavatida joylashgan yakka tartibda tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat olib borayotgan B.I.ga tegishli “OOO” do‘konida oshpaz sifatida ishlab kelayotganligidan foydalanib, kunlik savdo faoliyati natijasida kelib tushgan savdo pullari solingan do‘kon ichida o‘rnatilgan seyfdan jami 47.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

Sudlanuvchi X.A.H 2020 yil iyun oyida B.I.ga tegishli “OOO” nomli do‘konida oshpaz bo‘lib ishlay boshlagan, do‘kon Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi
183-uyning birinchi qavatida joylashgan bo‘lib, do‘konda ishchilar smena asosida ishlaganliklari va do‘kon kuniga 24 soat ishlashi, u soat 07:00dan soat 19:00ga qadar ishlaganligini, u ishga barvaqt soat 06 larda kelib, smenadagi ishchilarni yuborib, savdo pullari do‘kondagi seyfda turishini bilib, u kunduzgi smena ishchilari kelgunga qadar bir o‘zi qolganligini, shunda unda seyfdagi pullarni olish fikri paydo bo‘ladi va, seyfning kaliti B.I.da bo‘lganligini bilib, seyfning pul tashaydigan tirqishi borligini ko‘rib, u seyfni ag‘darib, pichoq yordamida ichidagi pullardan olaboshlaydi, u har kuni seyfdan taxminan 300-400 ming so‘m atrofida pulni o‘g‘irlab, o‘zi ehtiyoji uchun sarflay boshlaydi va u bu ishni har kungi odatga aylantirib smena xodimlari kelguncha seyfdagi pullarni oladi, u bu haqda hech kimga aytmaganligini va bu qilgan o‘g‘riligini B.I. yoki boshqa biror kishi sezmaganligini bilib u xonada o‘rnatilgan kamerani o‘chirib, ya’ni kabelini tokdan tortib qo‘yib, keyin seyfdan pullarni ola boshlaydi, shunday qilib, u 2020 yil iyun oyidan 04 oktyabrgacha seyfdan pul o‘g‘irlab kelib, buni B.I. 2020 yil oktyabr oyi boshlarida bilib qoladi, va B.I dan qilgan o‘g‘riliklarini kechirishini so‘rab unga iltimos qiladi va unga yetkazilgan barcha zararlarni qoplashini aytadi. Shunda B.I IIB xodimlariga ariza bilin murajat qilib X.A.H ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlarini aytadi.

Sudlanuvchi X.A.H aybi, o‘z aybiga to‘liq iqror ekanligini bildirib qilmishidan chin dildan pushaymonligini oilada yakka boquvchisi ekanligini bildirib kelgusidan bunday xatolikga yo‘l qo‘ymasligini va jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplab berishini so‘rab va yengilroq jazo berishini so‘rab iltimos qildi.
Sud sudlanuvchining aybiga to‘liq iqrorligini oilada yakka boquvchiligini va qilgan jinoyatidan chin dildan pushaymon ekanligini inobatga olib, shaxsiga va qilgan jinoyatiga mos jazo tayinladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Buxoro shahar sudi raisi N.YU.Sharopov

Kiritildi: 21:16 22.03.2021. O'qildi: 7448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!