Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Buxoroda firibgar uka opasini qanday chuv tushirdi?

Buxoroda firibgar uka opasini qanday chuv tushirdi?

2018 yil 8 noyabr kuni Buxoro shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Ko‘ksaroy ko‘chasida yashovchi M.Z. T.Farog‘iy ko‘chasida yashovchi opasi N.Z.ga Buxoro shahridan yer uchastkasi olib berishlikni aytib, aldov yo‘li bilan 2011 yilda 20 ming AQSh dollari hamda 2015 yil may oyida yana 7 000 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.Z. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 13:58 09.11.2018. O'qildi: 1719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!