Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Buxoroda ajrashib ketgan er-xotin yarashtirildi

Buxoroda ajrashib ketgan er-xotin yarashtirildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshko‘ tumanlararo sudining 22.11.2018 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor I.Ro‘ziyevdan undiruvchi M.Safarova foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandi ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa turdagi daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Byuroning Vobkent tuman bo‘limi ish yurituviga 15.12.2018 yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror chiqarilib, qaror nusxasi qarzdorga taqdim etilgan.

Davlat ijrochisining 09.01.2019 yildagi qaroriga asosan qarzdor I.Ro‘ziyevning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqi vaqtincha cheklangan.

Byuroning Vobkent tumani bo‘limi xodimlari hamda mahalla vakillari tomonidan ushbu ijro hujjati yuzasidan bir necha bor olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida joriy yilning 23 oktyabr kuni undiruvchi M.Safarova va qarzdor I.Ro‘ziyev o‘zaro yarashib, birgalikda bir oila bo‘lib yashash istaklarini bildirdi.

Shu munosabat bilan bo‘lim ish yurituvidagi aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini undiruvchi M.Safarova O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasi birinchi bandiga asosan ijrosiz qaytarib oldi.

Hozirgi kunda ushbu oila tiklanib, mahalla tomonidan namunali oilalar qatoriga qo‘shildi.

 

 

 

 

Kiritildi: 19:54 29.10.2019. O'qildi: 1656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!