FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila bugun soat 08:56 da sezilgan.
Zilzila markazi viloyatning Peshku tumani bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 40,74 gradus shimoliy kenglik; 63,63 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 472 km janubiy-g‘arbda.
Zilzilaning respublika hududida sezilish kuchi:
▪️Peshku tumanida 4 ball, 26 km
▪️Shofirkon tumanida 2-3 ball, 66 km.
▪️Konimex tumanida 2 ball, 90 km.
▪️Jondor tumanida 2 ball, 91 km.
▪️Romitan tumanida 2 ball, 95 km.