Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi Rayhon Dilovaga biometrik pasport rasmiylashtirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Onaxon 120, u kishining qizlari esa 80 yoshni qarshilagan. Barchaga ularning yoshiga kirish nasib esin!», — deyiladi xabarda.
Pasportni rasmiylashtirish hujjatlarida Rayhon Dilovaning tug‘ilgan sanasi sifatida 1900 yil qayd etilgan.