Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

“Bunyodkor” stadioni oldida tartibsizlik sodir bo‘ldi

“Bunyodkor” stadioni oldida tartibsizlik sodir bo‘ldi

Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadioni kassasida 17 mart kuni olomon to‘planib, tartibsizlik sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 18 mart kuni Osiyo kubogi chempionatining yoshlar o‘rtasidagi U-20 futbol musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi. Final o‘yinini tomosha qiluvchi ishqibozlar soni esa stadiondagi o‘rindiqlar sonidan ancha ko‘p. Stadionning o‘zida final o‘yinini tomosha qilish uchun chipta sotib olishga kelganlar 17 mart kuni “Bunyodkor” stadionidagi kassa oldida juda ko‘p to‘planib ketgan.

Kassa oldiga jamoat tartibini saqlash maqsadida IIO xodimlari jalb etilib, uning oldi panjaralar bilan to‘silgan hamda fuqarolar navbat bilan kirishi ta’minlangan. Biroq, taxminan soat 14:30 “Renessans TV” telekanali muxbiri va teleoperatori IIO xodimlari tomonidan to‘silgan panjaradan oshib o‘tgan, bu esa boshqa fuqarolarning qattiq e’tiroziga sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarni tinchlantirish maqsadida, muxbir va teleoperatorga panjaradan tashqariga chiqishi lozimligi tushuntirilgan. IIO xodimlari tomonidan muxbir hamda teleoperatorga nisbatan noqonuniy harakatlar sodir etilmagan va telekanal texnikasiga shikast yetkazilmagan.

Kiritildi: 08:04 18.03.2023. O'qildi: 3353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!