Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Bunday pul halol emas»

A A A
«Bunday pul halol emas»

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:

“Hakimul ummat, Hazrati Tahanoviy rahmatullohi alayh madrasalarning pullari va anjuman (yig‘in)larning pullari haqida aytar edilarki, ikkinchi shaxs uyalganidan (hijolat bo‘lganidan) pul bersa, bu tarzda yig‘iladigan pullar halol emas. Masalan, siz ommaviy yig‘inda pul ola boshladingiz. U yig‘inda bir odam hijolat bo‘lib (uyalganidan), shuncha odam pul beryapti, men bermasam obro‘yim to‘kiladi, deya pul beryapti. Qalbida esa pul berishlik xohishi yo‘q edi. Bu pul chin qalbdan rozilik ila berilmadi. Endi, bu “pul” oluvchilar uchun halol emas.

Bu mavzuda Hazrati Tahanoviy rahmatullohi alayh bir alohida risola yozganlar va unda qay holatda pul olishlik joiz va qay holatda joiz emas, bu ahkomlarni yozganlar”.

(“Islaahiy xutbaat” kitobidan, 9-jild, 88-bet.)

Manba: azon.uz

Kiritildi: 21:01 03.09.2018. O'qildi: 1985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik