Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo‘r — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo‘r — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 8 avgust kuni turizmni rivojlantirish mavzusida bo‘lib o‘tgan brifingda bugungi poytaxt Dubaydan zo‘r ekanligini ta’kidlagan. Bu haqda "UzReport" telekanali ma’lum qildi.

"Bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo‘r. Buni aniq ayta olaman. Dubay 80 million odamni qabul qilyapti. Turizmga juda katta kuch berdi, katta imkoniyat yaratdi, neftga qarab qolmadi. Men o‘ylaymanki, albatta, juda Dubayga yetish qiyindir, lekin yaxshi orzu qilsak, qisman bo‘lsa ham Dubaydek bo‘lmaymizmi, to‘g‘rimi?" - deydi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Brifingda "Salom, Tashkent" videoroligi namoyish etilgan. Shahar hokimi videorolik targ‘iboti ta’sirida 20 kun, uzog‘i bilan bir oy ichida poytaxtga sayyohlar "yomg‘irdek" yog‘ilishini aytgan va yil yakunida natijalar bo‘yicha axborot berilishini ham ma’lum qilgan.

Hokimning bu fikri ham ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar sabab bo‘lmoqda.

" Bugungi Toshkent turistlar erkin, bemalol va arzon harakatlana olishi masalasida 1994 yilgi Dubaydan zo‘r bo‘lishi mumkin, lekin 1994 yilgi Toshkentdan zo‘r emas, manimcha. 1994 yilgi Toshkentda taksi, avtobus va metrodan tashqari tramvay va trolleybus ham bo‘lgan, shaharning jamoat transporti yetib bormagan qismi deyarli bo‘lmagan, intervallar hozirgidan qisqa bo‘lgan va hokazo, va hokazo.

Bundan tashqari, chang kamroq, soya ko‘proq, parklar daraxtlarga to‘la, quyuqroq bo‘lgan, shahar ichida bir emas, bir necha plyajlar bo‘lgan. 1994 yili Dubayda plyajlar bo‘lmagan bo‘lishi mumkin, lekin Toshkentda bo‘lgan", – deydi A’zamxo‘jayev.

Kiritildi: 21:58 10.08.2022. O'qildi: 3910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!