Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Bugungi kunda Shvesiya, Daniya va Norvegiyada 300 ming ishchilarga ehtiyoj bor

Bugungi kunda Shvesiya, Daniya va Norvegiyada 300 ming ishchilarga ehtiyoj bor

Tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda Shvesiya, Daniya va Norvegiyada 300 ming ishchilarga ehtiyoj bor.

Norvegiyalik ish beruvchilar bu yilning o‘zida 3 ming fuqaroni o‘zlari o‘qitib, ularga Yevropa standartlari asosida sertifikat berishga tayyor. Yoki Shvesiya grant ajratib, ijtimoiy xodimlarni tayyorlash va joriy yilning o‘zida 500 nafarini ishga olish taklifini bermoqda.

Mutasaddilarga Shvesiya, Daniya va Norvegiya bilan kelishuvga erishib, fuqarolarimizni yuqori daromadli ish o‘rinlariga yuborish muhimligi ta’kidlandi.

Umuman, Shvesiya va Latviyadagi elchilar bilan birgalikda Nordik davlatlar bilan tashqi mehnat migrasiyasi borasida hamkorlik dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Kiritildi: Bugun 18:12. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!