Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Bugundan narxlar oshdi

Bugundan narxlar oshdi

«Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida»gi Hukumat qaroriga asosan bugun, 16 noyabrdan benzin, dizel yoqilg‘isi, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun narxlar oshdi.

Benzin va dizel yoqilg‘isi

  • Ai-80 avtobenzinga – 4 000 so‘m/litr;
  • Ai-91 avtobenzinga – 4 500 so‘m/litr;
  • dizel yoqilg‘isiga – 4 800 so‘m/litr;
  • EKO dizel yoqilg‘isiga – 4 900 so‘m/litr.

Elektr energiyasi

Elektr energiyasining 1 kilovatti 250 so‘mgacha (hozir 228 so‘m 60 tiyin) oshdi.

Eslatib o‘tamiz, elektr energiyasi uchun narx 2018 yilning 1 aprelida ham 204,3 so‘mdan 228,6 so‘mga oshgandi.

Tabiiy gaz va suyultirilgan gaz

Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun, gaz hisoblagichlar mavjud bo‘lganda tabiiy gazning 1 kubometri 320 so‘m bo‘ldi.

Suyultirilgan gaz esa 950 so‘mga oshdi.

Issiq suv va issiqlik ta’minoti

Ayni paytda Toshkent aholisi, hisoblagich bo‘lgan holatda issiq suvning bir kubometri uchun 4332 so‘m va hisoblagich bo‘lmasa, har bir odam uchun oyiga 16 917,49 so‘m to‘laydi.

Markaziy isitish uchun esa isitilayotgan maydonning har bir kvadrat metri uchun 1464,53 so‘m to‘lanadi.

Xabar.uz

Kiritildi: 15:19 16.11.2018. O'qildi: 2616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!