Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Bugun o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradigan Elit Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tadi

Bugun o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradigan Elit Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tadi

Osiyo futbol konfederasiyasi Elit Chempionlar ligasining 2025/26 yilgi mavsum final uchrashuvida ishlaydigan hakamlar nomini e’lon qildi. Mazkur nufuzli bahsni o‘zbekistonlik Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradigan bo‘ldi.

Bugun, 25 aprel kuni Jidda shahridagi «Qirol Abdulloh» stadionida bo‘lib o‘tadigan final bahsida Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» hamda Yaponiyaning «Machida Zelviya» jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

Uchrashuvda Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtimiz Andrey Sapenko hamda xitoylik Jou Fey yordam berishadi. Shuningdek, VAR tizimida singapurlik Muhammad Taqi faoliyat yuritsa, o‘zbekistonlik Firdavs Norsafarov unga AVAR (yordamchi VAR hakami) sifatida ko‘maklashadi.

Ma’lumot uchun, Ilgiz Tantashev faoliyati davomida ikkinchi bor qit’aning eng nufuzli klublar turniri finaliga tayinlanmoqda. U bunga qadar 2023/24 yilgi mavsumda «Al-Ayn» (BAA) va «Yokogama F. Marinos» (Yaponiya) jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi bahsni boshqargan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Al-Ahli» — «Machida Zelviya» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da start olishi belgilangan.

Kiritildi: Bugun 14:47. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!