UYEFA Chempionlar Ligasining 2026/27 yilgi mavsumi bugun boshlanadi.
Umumiy jadvalning birinchi o‘yin kuni oltita o‘yindan iborat bo‘ladi.
Xususan, Gresiyaning AYEK Afina jamoasi Avstriyaning LASK jamoasi bilan, Belgiyaning "Bryugge" klubi Angliyaning "Aston Villa" jamoasi bilan, "Borussiya Dortmund" (Germaniya) Ispaniyaning "Vilyarreal" jamoasi bilan, Portugaliyaning "Portu" klubi Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi bilan, Fransiyaning "Lill" klubi Ispaniyaning "Real Betis" jamoasi bilan va "Real Madrid" (Ispaniya) Italiyaning "Inter" jamoasi bilan o‘ynaydi.