Uchrashuv borasida prezidentlarning fikrlarini keltiramiz.
Sayid Ibrohim Raisiy:
— Eron va Rossiya munosabatlari juda tez rivojlanmoqda, buning uchun tomonlarda siyosiy manfaat bor;
— Ikki davlatning Suriya yo‘nalishidagi hamkorligi natijasida mintaqa xavfsizroq bo‘ldi;
— Putinning tashrifi mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi munosabatlarni yaxshilash uchun burilish nuqtasi bo‘lishiga umid qilamiz.
Vladimir Putin:
— Har ikki davlat ham savdo o‘sishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar bilan maqtana oladi;
— Tomonlar xalqaro xavfsizlik masalalarida hamkorlikni mustahkamlab, Suriya mojarosini tartibga solishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.