Bugun deyarli 12 soat mobaynida – soat 9:00 dan 21:00 ga qadar Mirzo Ulug‘bek tumanining katta qismida suv bo‘lmaydi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmatining "Facebook"dagi sahifasida xabar berildi, demoqda Turon24.
Bunga tuman hududidan o‘tgan suv yopqich va nasos agregati ta’mirlanayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Hokimlik buning uchun aholidan uzr so‘ragan.
Suv ta’minoti uziladigan manzillar ro‘yxati bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.
Manba: azon.uz