Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Bu yilgi «Oltin to‘p»ga 30 nafar futbolchi da’vogar

Bu yilgi «Oltin to‘p»ga 30 nafar futbolchi da’vogar

Fransiyaning nufuzli "France Football" jurnali «Oltin to‘p 2019» sovriniga nomzod bo‘lgan futbolchilarning uchinchi o‘ntaligini ham e’lon qildi.

Uchinchi o‘ntalikdan quyidagi futbolchilar o‘rin olishdi:

Lionel Messi («Barselona»), Riyod Marez, Kevin de Bryuyne (ikkalasi – «Manchester Siti»), Kalidu Kulibali («Napoli»), Antuan Grizmann («Barselona»), Muhammad Saloh («Liverpul»), Eden Azar («Chelsi»/«Real»), Markinyos («PSJ»), Rahim Sterling («Manchester Siti»), Joau Felish («Atletiko»).

Bungacha e’lon qilingan 20 ta nomzod quyidagilar edi:

Kilian Mbappe («Pari Sen-Jermen»), Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»), Donni van de Bek («Ayaks»), Pyer-Emerik Obameyang («Arsenal»), Mark-Andre ter Stegen («Barselona»), Sadio Mane («Liverpul»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Frenki de Yong («Ayaks»/«Barselona»), Ugo Lyoris («Tottenhem»), Dushan Tadich («Ayaks»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Alisson («Liverpul»), Matteys de Ligt («Ayaks»/«Yuventus»), Karim Benzema («Real»), Jorjinyo Veynaldum («Liverpul»), Virjil van Deyk («Liverpul»), Bernardu Silva («Manchester Siti»), Son Hyon Min («Tottenhem»), Robert Levandovski («Bavariya») va Roberto Firminyo («Liverpul»).

G‘olib nomini e’lon qilish va sovrinni topshirish marosimi 2 dekabr kuni Parijda o‘tkaziladi.

2018 yilda «Real» va Xorvatiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan edi.

Kiritildi: 09:35 22.10.2019. O'qildi: 1923 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!