Bugun 31 iyul, 2026 yil, juma

КИР

BTS guruhi “Gremmi” taqdirlash marosimiga boykot e’lon qildi

BTS guruhi “Gremmi” taqdirlash marosimiga boykot e’lon qildi

Janubiy Koreyaning BTS guruhi o‘zining yangi “Arirang” nomli albomini “Gremmi” mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatmaydi. Musiqachilar bu haqda o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qilishdi.

Guruhning yetti nafar a’zosi – RM, Jin, Shuga, J-Hope, Chimin, Vi va Chonguk o‘zlarining shaxsiy sahifalarida bir xil mazmundagi bayonotni e’lon qilib, mukofotda qatnashishdan voz kechish sababini Osiyo pop musiqasi uchun alohida – “Best Asian Pop Music Performance” yo‘nalishi joriy etilgani bilan izohladi.

“Biz bu yil o‘z musiqamizni “Gremmi” mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatmaslikka qaror qildik. Umid qilamizki, musiqamiz hududlar yoki tillarga ajratilmasdan, boricha qabul qilinadi va sevib tinglanadi. Biz bilan doim birga bo‘lgan barchaga minnatdorlik bildiramiz”, deya bayonot berdi musiqachilar.

BTS ushbu bayonotni mukofot tashkilotchilari yangi yo‘nalishni e’lon qilganidan bir oy o‘tib e’lon qildi.

“Ushbu yo‘nalish Osiyo bozorlarida yaratilgan yoki keng ommalashgan, jumladan, K-pop, J-pop va C-pop kabi janrlarni hamda bir yoki bir nechta Osiyo tilidan mazmunli foydalanilgan Osiyo pop musiqasini ijro etishdagi badiiy mahoratni e’tirof etadi”, deyiladi Ovoz yozish akademiyasi.

BTS guruhi “Gremmi” taqdirlash marosimiga boykot e’lon qildi

BTS guruhi besh marta “Gremmi” mukofotiga nomzod bo‘lgan, biroq biror marta ham g‘olib chiqmagan.

Ayblovlar Janubiy Koreyaning BTS guruhi mukofotdan voz kechganidan keyin boshlandi.

Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda norozilik to‘lqini boshlandi. "X" foydalanuvchilari “Gremmi”ni irqchi va ksenofob deb atashmoqda.

Kiritildi: 15:42 30.07.2026. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!