Amerikalik pop-yulduz ruhiy kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi Zakon.kz .
Xabarda aytilishicha, bu uning otasining kasalligidan tushkunlikka tushgani bilan bog‘liq.
Qayd etilishicha, qo‘shiqchi kasalxonaga bir hafta oldin yotqizilgan va u yerda bir oydan ortiq vaqt davomida bo‘ladi.
Alkogol va tamaki mahsulotlari iste’mol qilgan Britni Spirsning ruhiy salomatligi 2007 yilda turmish o‘rtogi Kevin Federlany bilan ajrashganidan so‘ng yomonlashgan. O‘sha vaqtda qo‘shiqchi sochini kalga olib, narkologik klinikada biro y davomida davolangan.
2008 yilda esa u bir muddat UCLA tibbiyot markazining psixiatriya bo‘limiga yotqizilgan.