Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Britaniya razvedkasi: Rossiya dengiz ustidan nazoratni o‘rnata olmadi

Britaniya razvedkasi: Rossiya dengiz ustidan nazoratni o‘rnata olmadi

Britaniya razvedkasi o‘zining so‘nggi hisobotida dengizdagi vaziyatni tahlil qildi.

2022 yil 17 iyun kuni Ukraina G‘arb hamkorlaridan qisqa vaqt oldin olgan kemaga qarshi Harpoon tizimidan birinchi muvaffaqiyatli foydalanishini e’lon qildi.

Zarbaning nishoni deyarli Qora dengizdagi Zmeiniy oroliga qurol va xizmatchilarni olib ketayotgan rossiyalik “Vasiliy Bex” burg‘ichi edi.

Bu voqea Rossiyaning bosib olingan oroldagi garnizonini qo‘riqlashda qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganini ko‘rsatadi.

Mojaro boshlanganidan beri Rossiya bir nechta kemalarini, shu jumladan Moskva kreyserini yo‘qotdi. Ulardan ba’zilari shikastlangan, ba’zilari vayron qilingan.

Ukraina qirg‘oq mudofaasi Rossiyaga dengiz ustidan nazorat o‘rnatishga va o‘z kuchlarini Qora dengiz mintaqasining shimoli-g‘arbiy qismiga o‘tkazishga imkon bermaydi.

Bu Rossiyaning Odessa viloyatiga dengizdan tahdid yaratishni o‘z ichiga olgan dastlabki rejalarini buzdi.

Kiritildi: 14:57 21.06.2022. O'qildi: 3518 marta. Fikrlar soni: 15 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!