Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Britaniya ramazonda musulmon aholini kechqurun emlamoqchi

Britaniya ramazonda musulmon aholini kechqurun emlamoqchi

Britaniya hukumati ramazon oyi davomida mamlakatdagi musulmon aholini tunda emlashni rejalashtirmoqda. Bu mamlakatda COVID-19 ning ikkinchi to‘lqinida eng ko‘p vafot etganlarni asli Osiyolik bo‘lgan odamlar tashkil qilgan bo‘lib, ularning asosiy qismi islom diniga amal qiluvchilardir.

Daily Telegraph ning ma’lum qilishicha, britan hukumati bu yo‘l orqali muqaddas ramazon oyida musulmonlarning vaksinani qabul qilishlari kamayishining oldini olmoqchi. Bu yili ramazon oyi 12 aprelda boshlanishi kutilmoqda. Aynan shu paytda Britaniyada koronavirusga qarshi emlash jarayoni uchun muhim palla bo‘ladi. Britaniya 15 aprelgacha aholining 50 foizini emlashni maqsad qilgan.

“Menimcha, mazkur reja juda zo‘r. Xususan, 10 kishining to‘qqiztasi kechqurun va erta sahar uyg‘oq bo‘ladigan ramazon oyida vaksinani qabul qilish yanada qulaylashadi” deydi COVID-19 vaksinasini qabul qilishga chorlovchi harakat muallifi Kavsar Zamon.

Shuningdek, Zamon britan hukumatining vaksinasiya dasturi bo‘yicha mamlakatdagi musulmon tashkilotlari bilan maslahatlashib ish olib borayotganini yuqori baholadi.

«Ushbu vaksinasiya jarayonining o‘ziga xos xususiyati shundaki, hukumat vakillari bu borada faol ish olib borishmoqda. Ular ko‘plab guruhlar, shu jumladan musulmonlar bilan ham maslahatlashmoqdalar. Bunday holat har doim ham kuzatilmaydi» deydi Kavsar Zamon.

Kiritildi: 19:25 28.02.2021. O'qildi: 1248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!