Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Britaniya Mudofaa vazirligining navbatdagi hisoboti e’lon qilindi

Britaniya Mudofaa vazirligining navbatdagi hisoboti e’lon qilindi

Britaniya Mudofaa vazirligining Ukrainadagi urush yuzasidan kunlik hisoboti.

— Mariupolning "Azovstal" zavodida bo‘lgan 1700 ga yaqin ukrainalik askar taslim bo‘ldi. Korxona hududida Ukraina Qurolli Kuchlarining noma’lum miqdordagi harbiy xizmatchilari qolmoqda;

Rossiya Mariupol ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishi bilan, Donbassdagi amaliyotini kuchaytirish uchun shahardan qo‘shinlarini olib chiqishi mumkin. Ammo bu qo‘shinlarni samarali qayta joylashtirishdan oldin ularni qayta jihozlash va modernizasiya qilish kerak. Bu vaqt talab qiladi;

— Shu bilan birga, Rossiya qo‘mondonligiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda yaqqol muvaffaqiyat ko‘rsatishi uchun bosim o‘tkazilmoqda. Bu shuni anglatadiki, kuchlar juda tez, to‘g‘ri tayyorgarliksiz jangga tashlanadi va bu keyingi muvaffaqiyatsizlik xavfini oshiradi.

Kiritildi: 17:07 20.05.2022. O'qildi: 1484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!